«Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etildi. Hujjat bilan «Taraqqiyot strategiyasi» Markazi tomonidan maxsus yaratilgan 2018.strategy.uz veb-saytida tanişiş hamda fikr va takliflarni bildiriş imkoni mavjud. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ma'lum qildi.

Skrin: «Taraqqiyot strategiyasi» markazi

Dastur loyihasi 237 banddan iborat bölib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida keltirilgan asosiy ğoya va takliflar, şuningdek 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda işlab çiqildi.

Jamoatçilik muhokamasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasini işlab çiqişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoyişiga köra şu yilning 15 yanvariga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Keng jamoatçilik vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar iştirokida bölib ötadigan muhokamalar doirasida turli anjuman va davra suhbatlari taşkil etiladi. Şuningdek, muhokamalar OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda ham muntazam ötkazib boriladi. Davlat dasturi loyihasi jamoatçilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tuşgan takliflar asosida yanada takomillaştiriladi.

Eslatib ötamiz, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi ham jamoatçilik muhokamasidan söng qabul qilingan edi.