Joriy yilda tuman va şahar budjetlari xarajatlarining 5 foizi tajriba tariqasida jamoatçilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida içimlik suvi tizimini yaxşilaş, umumiy yöllarni rekonstruksiya qiliş, maktabgaça ta'lim binolarini ta'mirlaş kabi tadbirlarga yönaltiriladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
11 yanvar kuni AOKAda ötgan tadbirda moliya vaziri örinbosari mahalliy budjet sarflanişida jamoatçilikning roli oşirilişi haqida ma'lumot bergan.
Bunda, 2021 yilda har bir xududda bittadan tumanda tajriba ötkaziş taklif etildi. Tajriba uçun dastlabki hisob-kitoblarga köra 100 milliard söm mablağ respublika budjetidan tuman budjetlariga qöşimça ravişda ajratiş lozimligi ta'kidlandi.
Ötgan 2019-2020 yillarda jamoatçilik fikri asosida bildirilgan tadbirlarga tumanlar budjetlari qöşimça manbalarining 10 foizi yönaltirilişi belgilangan bölsa-da, bu borada hududiy moliya organlari tomonidan zaruriy çora-tadbirlar amalga oşirilmaganligi ta'kidlanmoqda.












