Prezidentning “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga qöşimça vazifalar belgilandi.

Agentlikda unga yuklatilgan vazifalarni amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlarni moliyalaştirişga kömaklaşuvçi, yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Jamoatçilik nazoratini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etiladi.

2022 yil 1 yanvardan boşlab agentlik quyidagi huquqlardan foydalanadi:

  • huquqni muhofaza qiluvçi organlarning elektron ma'lumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga doir ma'lumotlarni oliş;
  • tadqiqotlar va ma'muriy suriştiruvlar ötkaziş hamda tahliliy materiallar tayyorlaş böyiça qöşma işçi guruhlarini tuziş;
  • huquqni muhofaza qiluvçi organlarga jinoyat işini qözğatiş yoki boşqa ta'sir çoralarini köriş uçun korrupsiya faktlari töğrisidagi xabarlarni yuboriş va uşbu xabarlarni tekşiriş natijalari böyiça qabul qilingan qaror töğrisida ma'lumotni talab qilib oliş;
  • ommaviy rezonans va turli bahs-munozaralarni keltirib çiqargan korrupsiyaga oid faktlar böyiça işni körib çiqayotgan huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan birgalikda matbuot anjumanlari ötkaziş.

Agentlik tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlar borasida jamoatçilik xabardor qilinişining quyidagi tartibi örnatiladi:

  • ommaviy rezonans va turli bahs-munozaralarni keltirib çiqargan korrupsiyaga oid faktlar aks etgan xabarlar böyiça - 10 kun muddatda;
  • boşqa korrupsiyaviy jinoyat va huquqbuzarliklar töğrisida - hamkor organlar bilan kelişuvga köra har çorak yoki yarim yillik yakunlari böyiça;
  • korrupsiyaga oid jinoyatçilik holati, tendensiyalari, sodir böliş sabab va şart-şaroitlari, korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş böyiça körilayotgan çoralar töğrisida - yil yakuni böyiça.

Quyidagilar tasdiqlandi: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining Jamoatçilik nazoratini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom; Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlik qiliş tartibi töğrisidagi nizom.