Özbekistonda Xorijdagi hamyurtlar bilan özaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasi işlab çiqiladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti bu boradagi qarori loyihasi 2018 yil 20 iyulga qadar TIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan tayyorlanadi.
Loyihada:
çet eldagi vatandoşlarga kiriş vizalari, Özbekiston hududida doimiy yaşaş uçun ruxsat oliş, mehnat faoliyati yuritişga litsenziya oliş tartiblarini soddalaştiriş;
xorijda yaşayotgan yuqori malakali Özbekiston fuqarolari va vatandoşlarning davlat boşqaruvi, iqtisodiyot, moliya, ta'lim, soğliqni saqlaş va boşqa ustuvor yönalişlardagi islohotlar jarayonida faol iştirok etişini rağbatlantiriş çoralari;
mamlakat rivojlanişining ustuvor yönalişlarida rahbar va mutaxassis lavozimlariga oçiq tanlovlar e'lon qiliş tartibi belgilanadi.













