Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan AQŞda Turkiyaning Halkbank banki direktori örinbosari Mexmet Haqan Atilla ustidan ötayotgan sud jarayonida Turkiyada davlat töntaruviga yangi urinişni körmoqda. Erdöğan bu haqda yetakçi partiyaning parlamentdagi fraksiyasi oldidagi nutqida aytib ötdi.
“15 iyulda davlatimizda davlat töntaruvini amalga oşira olmaganlar, hozirda uni amalga oşirişning boşqa yöllarini qidirmoqdalar. AQŞda hozirda Atilla işi böyiça olib borilayotgan jarayon – töntaruvga urinişning siyosiy taşkil etuvçisi manzilidir”, deb aytgan Erdöğan.
Atilla AQŞda 2017 yil mart oyida hibsga olingan. Ayblov tomonining ta'kidlaşiça, Atilla turk-eron tadbirkori Rizo Zarrab bilan AQŞ sanksiyalarini çetlab ötgan holda Eronga köp million dollarlik tranzaksiyalarni taşkillaştiriş uçun til biriktirgan. Zarrab bu bitim uçun Turkiya moliya vaziriga pora sifatida 50 mln dollar tölaganini tan olgan. Şuningdek, u Erdöğanga qarşi körsatma bergan. Zarrabning aytişiça, Erdöğan hammasidan xabardor bölgan. Kuni-keça hakamlar sudi Atillani aybdor deb topgan, hukm 11 aprelda ma'lum qilinadi.
Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çavuşöğluning aytişiça, AQŞ Atillani muxolifatçi Fathulla Gulen tarafdorlari taşabbusi bilan hibsga olgan. Turkiya boş vaziri örinbosari Bakir Bozdag esa Zarrab va Atillaga nisbatan qözğatilgan işni Anqaraga qarşi fitna deb atagan.
Turkiya hukumati 2016 yil 16 iyulga ötar keçasi Turkiyada sodir etilgan töntaruvga uriniş ortida aynan Gulen turadi, deb hisoblaydi. Isyon bostirilgandan keyin Turkiyada 50 mingdan köproq odam hibsga olingan, 140 ming davlat xizmatçisi işdan böşatib yuborilgan.

















