2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştirişning ustuvor yönalişlari» deb nomlangan. Uning Iqtisodiyotda davlat iştirokini kamaytiriş, xususiy mulk huquqini himoya qiliş va uning ustuvor mavqeini yanada kuçaytiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rağbatlantirişga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettiriş bölimida amalga oşirilişi möljallanayotgan quyidagi çora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

Jumladan, Respublikada iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş tizimini takomillaştiriş, iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça maxsus davlat organi (agentlik) taşkil etiş hamda yangi tahrirdagi «Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonun loyihasini işlab çiqiş möljallanmoqda.

Davlat raqobat qömitasi, Boş prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar 2018 yil 1 iyulga qadar Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişadi.

Loyihalarda:

  • iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça maxsus davlat organi (agentlik) taşkil etiş;
  • uning vazifa va vakolatlari, davlat tizimiga jamoatçilik nazorati institutini keng joriy etiş;
  • iste'molçilar huquqlarini himoya qilişning samarali va şaffof mexanizmlarini tatbiq etiş kabi masalalar nazarda tutiladi.