Angliya ligasi kubogining yarim finalidagi birinçi uçraşuvda «Mançester Siti» «Bristol Siti»ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi irodali ğalabaga erişdi.

Chempionship vakili bölgan jamoa 44-daqiqada Bobbi Rid penaltini aniq ijro etgaç, hisobni oçişdi. Ikkinçi bölim boşida Kevin De Bryuyne hisobni tenglaştirdi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda Serxio Aguero urgan gol Xosep Gvardiola şogirdlariga ğalaba keltirdi.

Jamoalarning javob uçraşuvi 23 yanvar kuni «Bristol Siti» maydonida bölib ötadi. Yarim finaldagi ikkinçi juftlik - «Çelsi» va «Arsenal» uçraşuvi bugun bölib ötadi.

Angliya Ligasi Kubogi
Yarim final
Birinçi uçraşuv
Mançester Siti – Bristol Siti 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 44, penalti Rid, 1:1 – 55 de Bryuyne, 2:1 – 90 Aguero.
Mançester Siti – Bravo, Mangalya, Stounz, Danilo, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sterling, Ture (Aguero, 70), Sane, Gundöğan, Zinçenko (Uoker, 79).
Bristol Siti – Filding, Beyker, Flint, Magnusson (Uolş, 72), Brayyen, Smit, Pek, Rid, Braunxill, Peterson, Rayt.
Ogohlantirişlar: Flint (56), Smit (58), Brayyen (60).