Mamlakat harbiy tuzilmasini rivojlantiriş vazifalari va yönalişlariga qarab Mudofaa doktrinasining ayrim qoidalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlik kiritilişi va töldirilişi mumkin.  

2017-2021 yillar uçun belgilangan Harakatlar strategiyasi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida joriy yilning 9 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev "Özbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi töğrisida"gi qonunni imzoladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Mudofaa doktrinasi oçiq xususiyatga ega bölib, şunga öxşaş kontseptual hujjatlar qabul qiliş borasidagi çet el tajribasiga mos keladi. Hujjat Özbekiston taşqi siyosatining oçiqligi, yaqin qöşnilar bilan amaliy munosabatlarni rivojlantiriş ustunligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasining yangilangan mudofaa doktrinasi orqali mamlakat mudofaa siyosatining şaffofligini ta'minlaş nazarda tutilgan. Xavfsizlik va mudofaa sohasida boşqa çet davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy munosabatlar va hamkorlik qiliş uçun taşkiliy-huquqiy şaroitlar yaratildi.