Rossiyaning Omsk oblastidagi Poltava tumani sudi Özbekiston Respublikasining 27 yoşli fuqarosini ozodlikdan mahrum etiş haqida qaror çiqardi. Erkak RF JKning 322-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Omsk oblasti prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berişiça, tekşiruv davomida erkak avval Rossiyadan deportatsiya qilingani aniqlangan. Unga 2022 yilga qadar mamlakat hududiga kiriş taqiqlangan, u bu haqda bilgan. Özbekiston fuqarosi ming rubl miqdoridagi pul evaziga davlat çegarasini kesib ötişga kelişib olgani ta'kidlanadi.

2017 yilning 3 iyul kuni erkak ötkaziş punktlarini çetlab ötib, özi pora bergan şaxs bilan Qozoğistondan Rossiyaga kirib kelgan. Şundan söng Özbekiston fuqarosi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Omsk oblasti böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan qölga olingan.

Qayd etilişiça, u öz aybini töla tan olgan. Unga 1 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi belgilangan.