Sudyalik lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan nomzod böyiça tuman va şahar jamoatçiligi fikrini örganiş tartibi joriy qilinadi. Bu haqda 9 yanvardan umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Dastur loyihasida ta'kidlanişiça, Özbekiston Respublikasida sudyalar mustaqilligini ta'minlaş maqsadida sudyalar maqomining huquqiy asoslarini takomillaştiriş yuzasidan aynan şunday taklif ilgari surilmoqda. Mazkur tadbirni amalga oşirişga Sudyalar oliy Kengaşi, Oliy sud, Özbekiston sudyalar assotsiatsiyasi hamda Adliya vazirligi mas'ul etib belgilangan bölib, joriy yilning 1 apreliga qadar amaliyotga kiritilişi nazarda tutilgan.
Şuningdek, 30 iyunga qadar, umumiy qiymati 100 mlrd. sömga teng Markaziy sud organlari va muassasalarini özida birlaştiradigan «Adolat saroyi» majmuasini quriş yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanadi.
Markaziy sud organlari va muassasalari faoliyati uyğunligini ta'minlaş maqsadida ularni joylaştiriş böyiça yagona kompleks sifatida qurilişi rejalaştirilayotgan «Adolat saroyi» majmuasiga mablağlar Özbekiston Respublikasining rivojlaniş davlat dasturlarini moliyalaştiriş jamğarmasi tomonidan ajratiladi.
Bundan taşqari, davlat dasturi loyihasida suriştiruv, tergov yoki sud faoliyatiga har qanday körinişda, turliça vositalar bilan aralaşganlik uçun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlaş hamda mavjud jazo çoralarini yanada kuçaytiriş nazarda tutiladi.


















