Ekinlarning oziqlanishi va to‘g‘ri parvarishlanishi, ayniqsa sug‘orish suvi taqchil hududlarda, dehqonlar uchun sermahsul hosil olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ba'zida, suvsizlik tufayli o‘simliklarning nobud bo‘lishga guvoh bo‘lamiz. Biroq, dehqonchilikda gidrogel nomli vositaning paydo bo‘lishi bu va boshqa muammolarning oldini olishga katta yordam bermoqda.
Afsuski, ko‘pchilik gidrogel va uning foydali xususiyatlari haqida to‘liq ma'lumotlarga ega emas. Gidrogel sug‘orish vaqtida ham vaqtni, ham suvni tejaydi. Shuningdek, mineral o‘g‘itlarga sarflanuvchi mablag‘larni ham tejaydi.
Gidrogel nima?
Gidrogel – o‘ziga nam tortuvchi, yuqori bo‘kuvchanlik xususiyatiga ega sintetik polimer bo‘lib, o‘simlik uchun kerakli bo‘lgan makro va mikroelement hamda ekinlarni rivojlanishiga kuchli ta'sir beruvchi mikroorganizmlarga ega. U, tuproq tarkibida ko‘p miqdordagi namlikni uzoq vaqt davomida saqlash va o‘zlashmay yotgan mineral o‘g‘itlarni o‘simlik uchun qayta o‘zlashtirish imkoniyatini beradi.
Gidrogel yomg‘ir suvlarida o‘z og‘irligidan 200-300 marta, tuproqlarda esa tuproq tarkibidagi turli tuzlar miqdoriga qarab 200-250 martagacha ko‘p suvni yutadi.
Tuproqqa atmosfera yog‘inlari yoki sug‘orish yo‘li bilan o‘tgan suv o‘simliklar ildiziga bemalol o‘tadigan holatda saqlanadi.
Gidrogellardan foydalanishning afzalliklari:
- sug‘oruv suvini 20-40%ga tejaydi;
- mineral o‘g‘itlarni tuproqning unumdor qatlamida tutib qolish hisobiga uning sarfini kamaytiradi;
- unumdor qatlamni yanada boyitadi va hosildorlikni oshiradi;
- yerlar va yer osti suvlarini sho‘rlanishdan saqlaydi;
- mahsulot hosildorligini 30-40%na oshiradi, uning tannarhini pasaytiradi.
Qayerda qo‘llaniladi?
Gidrogeldan suv bilan kam to‘yingan va turli darajadagi sho‘rlangan yerlarda - boshoqli ekinlar va paxta ekishda;
- sabzavot va poliz ekinlarini ekishda;
- o‘rmonchilikda - ko‘chatlar (saksovul, turli daraxtlar) ekishda;















