
Keraksiz papkalardan qanday xalos böliş mumkinligiga doir yetti işçi usul "Layfxaker" tomonidan taqdim etildi.
1. Kompyuterni qayta işga tuşiring
Agar vaziyatning mohiyatiga yetişiş uçun vaqtingiz bölmasa, şunçaki kompyuterni qaytadan öçirib yoqing. Köp holatlarda kompyuter qayta işga tuşirilganda muammoli papkani oddiy usulda öçiriş mumkin böladi.
2. Arxivatordan foydalaning

Biror papkani öçirişga uringaningizda Windows öçirilişi kerak bölgan elementni topa olmayotganini ma'lum qilsa, arxivator yordamga keladi. 7Zip, WinRAR yoki ularning muqobil dasturi töğri keladi. Uni işga tuşiring va "Fayllarni siquvdan keyin öçiriş" optsiyasini oldindan belgilab, muammoli papkani arxivga joylang. Dastur direktoriyani avtomatik ravişda öçiradi, sizga esa yaratilgan arxivni öçirişgina qoladi.
3. Administrator hisob qaydnomasi orqali papkani öçiriş
Direktoriyani öçiriş imkonining yöqligi kiriş huquqi bilan boğliq bölişi ham mumkin. Bunday holatlarda tizim administrator hisob qaydnomasi parolini talab qiladi yoki şunçaki zarur huquqlarning yöqligi haqida ma'lum qiladi. Bu çeklovni çetlab ötiş uçun yoki darhol söralgan parolni kiritiş, yo tizimga administrator sifatida kiriş va şundan keyingina papkani öçirişga töğri keladi.
4. Tizimni viruslarga tekşiring

Viruslar va boşqa zararli DTlar ham papkani öçirişga tösqinlik qilişi mumkin. Antivirus yordamida kompyuterni tekşiring, şundan söng direktoriyadan qutulişga qayta harakat qilib köring.












