9 yanvar kuni Henley & Partners kompaniyasi pasportlarning dunyoning turli mamlakatlariga vizasiz kiriş imkoni böyiça tasniflanuvçi yillik indeksini taqdim etdi. 2018 yilda dunyoning 200 mamlakat va hududlari tahlil qilib çiqildi. 

Sönggi beş yilda reytingning birinçi örnini özgarişsiz Germaniya egallab kelmoqda. 2018 yilda bu mamlakat pasporti bilan dunyoning 177 davlatiga vizasiz sayohat qiliş mumkin böladi. Ikkinçi örin Singapurga nasib etdi - 176 mamlakatga vizasiz kiriş imkoniyati. Uçinçi poğona biryöla uçta mamlakat örtasida taqsimlandi: Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya. Uşbu mamlakatlar fuqarolari dunyoning 175 davlatiga vizasiz sayohat qiliş imkoniga egalar. Ularning aksariyati bir yil içida öz körsatkiçlarini yaxşilaşga muvaffaq böldi. 

2018 yilgi reytingda Ukraina MDH mamlakatlari orasida birinçi, jahon indeksida esa 44-örinni egalladi. Rossiya indeksda 48-poğonada qayd etildi va öz örnini Moldova Respublikasi hamda Çernogoriya bilan bölişdi. Bu mamlakatlar aholisi 110 mamlakatga vizasiz kiriş imkoniga ega. MDHning deyarli barça mamlakatlari bir yil içida vizasiz kirişga doir körsatkiçlarni yaxşilaşga muvaffaq böldi. 

Jumladan, Özbekiston ötgan yilgi körsatkiçlarini biroz yaxşilaşning uddasidan çiqqan - joriy yilda u 83-örindan 81 poğonaga kötarilgan. Qozoğiston reytingning  65-örnida, Ozarboyjon esa 72-örnida qayd etilgan.

Reytingdagi sönggi örinda Afğoniston qayd etildi. Uning fuqarolari dunyoning 24 mamlakatiga vizasiz kiriş imkoniga ega. 

Dastlab Viza çeklovlari indeksi nomi bilan tanilgan Henley & Partners pasportlar indeksi (2018 yilda qayta nomlangan) 2006 yildan buyon IATA (Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi) bilan hamkorlikda taqdim etiladi. 

Manba: Henley & Partners