Venesuela Milliy assambleyasi hukmatning milliy kriptovalyuta – petroni muomalaga kiritiş böyiça qarorini asossiz deb topdi. Şunday mazmundagi qaror yakdillik bilan qabul qilindi, deyiladi qonun çiqaruvçi organning Twitter sahifasidagi xabarda. Ma'lumki, Venesuela parlamenti davlat hukumatiga muxolifat hisoblanadi.
"Uşbu firibgarlik siyosatini heç kim örganmaydi va ma'qullamaydi, - degan deputat Karlos Valero. – Inflyatsiya darajasi 2616 foizga yetib turganida qaysi kriptovalyuta bu muammoni hal eta oladi?".
Uşbu hujjat, albatta hukumatni öz qaroridan voz keçişga majbur qila olmaydi. Venesuelaning bir palatali parlamenti 2017 yil iyulida Konstitutsiyaviy assambleya çaqirilganidan söng, özining oliy qonun çiqariş organi maqomini amalda boy berdi.
2018 yil 5 yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 100 mln dona petro milliy kriptovalyutasini muomalaga kiritişga körsatma berdi. "Har bir petro Venesuela neftining barreli qança tursa, şunçaga baholanadi", - degan davlat rahbari.
Venesuela bir neça yil mobaynida ötkir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boşidan keçirmoqda. Bunda narx-navoning ösişi milliy valyutaning qadrsizlanişi bilan birga yuz bermoqda. Milliy assambleyaga köra, 2017 yilgi inflyatsiya darajasi 2600 foizdan yuqori bölgan.












