Iş va boşqaruvga oid motivatsion kitoblar muallifi Deniyel Pink özining yangi "When: The Scientific Secrets of Perfect Timing " ("Qaçon: Mukammal vaqtning ilmiy sirlari") kitobida muayyan maşğulotlar uçun vaqtni töğri tanlay bilişga doir qator psixologik, biologik va iqtisodiy tadqiqotlarni keltiradi.

Uning fikriça, sarmoyaçilar bilan yiğilişlar va jarrohlik operatsiyalarini kun yarmiga qadar ötkaziş maqsadga muvofiq. Agar har 3-5 yilda işingizni özgartiradigan bölsangiz, özingiz öylaganingizdan-da köproq pul topişingiz mumkin.

"Vaqtni töğri tanlay biliş biz nimani qanday qilayotganimizga misli körilmagan darajada ta'sir körsatadi",  - deydi Pink. Wired'da qanday qilib vaqtni taqsimlaşni örganiş va şu orqali hayotni oz bölsa-da yengillaştirişga oid bir neça muhim maslahat beriladi.

Barça muhim işlarni kunning birinçi yarmida bajaring

Foto: factinteres

Bizning kayfiyatimiz va energiyamiz töğridan-töğri oldindan aytiş mumkin bölgan sirkad ritmlarga boğliq. Ularni, öz örnida, genetik darajada jo bölgan inson xronotipi belgilab beradi.

Örta statistik insonning kayfiyati uyqudan turgandan taxminan yetti soat keyin tuşadi, ya'ni soat 14:00dan 16:00gaça. Aynan şu vaqtda odamlar — ayniqsa tibbiyot xodimlari öz faoliyatida köp xatolarga yöl qöyişar ekan.

"Bir neça oy avval qizimning "aql tişi"ni olişlari kerak edi, - deya sözlaydi Pink. - Men unga "Sen şifokor huzuriga eng birinçi bölib borasan", deb aytdim.

Qahva içing va mizğib oling

Foto: packaging of the world

Mizğib olişning foydali ekani allaqaçon isbotlangan. 10-20 daqiqaga közlarni yumib, aqliy salohiyatni rivojlantiriş mumkin. Biroq buning oldidan yana bir şinjon qahva içib olinsa, qisqa uyqu effekti sezilarli darajada oşadi. Zero kofein organizmga tuşgandan taxminan 25 daqiqa keyin öz ta'sirini körsata boşlaydi.

Pinkning fikriça, uyqu uçun qisqa tanaffuslar işçi kunining ajralmas qismiga aylanişi kerak. Kolumbiya universiteti tadqiqotçilari sudyalar hukm çiqarişdan oldin mizğib olsa, nisbatan adolatli qarorlar çiqarişini aniqlaşdi. AQŞ kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari esa kunduzi uzoqroq dam oluvçi bolalar boşqa bolalarga nisbatan yuqoriroq baholar olişiga işonç bildirişmoqda.