Amerika Qöşma Ştatlari Yevropaga 2018 yilning yozida Yevropadagi öz kuçlarining rotatsiyasi doirasida 1-kavaleriya diviziyasi tarkibiga kiruvçi 1-tank brigadasini yuboradi. Bu haqda AQŞning NATOdagi missiyasi payşanba kuni ma'lum qildi.

"Amerika armiyasi Yevropaga 2018 yilning yozida 1-tank brigadasini yuboradi. U Texasning Ford-Xudida joylaştirilgan 1-kavaleriya divizitsiyasi tarkibiga kiradi hamda bu Atlantic Resolve amaliyoti kuçlarining navbatdagi rotatsiyasi doirasida yuz beradi", - deyiladi NATO missiyasi bayonotida.

Atlantic Resolve amaliyoti 2014 yilning aprelida işga tuşirilgan. AQŞ va NATO rasmiy izohiga köra, uning maqsadi – Qrimning Rossiyaga qöşilganidan söng, Şarqiy Yevropa mamlakatlarining “öziga işonçini tiklaş”. AQŞ quruqlikdagi kuçlari amaliyot doirasida Polşa, Boltiqböyi davlatlari, Ruminiya, Bolgariya va Vengriyadagi maşqlarda qatnaşmoqda.