KUN.UZ tahririyatiga Andijon şahri, Pistamazor mahallasida yaşovçi bir guruh nuroniylardan murojaat kelib tuşdi.
Maktubda ötgan yilning iyun oyi şaharni körkam körinişga keltiriş, obodonlaştiriş işlarini jadallaştiriş maqsadida «Pistamozor» mahalla fuqarolar yiğini hududidagi köp qavatli uylar, masjid va qabriston atrofidagi bir qator savdo şoxobçalari, çoyxona buzib taşlangani aytiladi. Hokimiyat vakillari öşa paytda buzilişlar natijasida harakatlaniş uçun yaroqsiz holatga kelgan yöl va binolar qurilişi tez kunlarda amalga oşirilişiga va'dalar bergan ekan.
Biroq, ötgan oylar davomida buzilgan binolar örniga yangilarini quriş işlari boşlangani yöq. «Pistamozor» masjidi atrofidagi yöl yoğingarçilik kunlari aholiga katta noqulaylik tuğdirmoqda.
Aholi vakillari tomonidan mazkur muammoni hal etilişi uçun mutasaddi taşkilotlarga köp bora murojaat qilgan. Lekin, Andijon şahar hokimi örinbosari tomonidan köçani obodonlaştiriş uçun mablağ yöq ekanligi mazmunidagi javoblar berilgan.
Murojaatçilar bu javobdan taajjublanib: «Şu ham javobmi? Nega buzişdan oldin qurişni öylab iş körişmadi?», deya hayron bölişmoqda. Pul ajratilmagan, qilinadigan işlar rejaga kiritilmagan bölsa, odamlarga şaroit yaratişga şoşiliş kerak, axir?
Demak, serqatnov yölning hali-beri asfalt bölişi noaniq. Buzilgan dökonlar örnida ham iş boşlangani yöq.
Ayni paytda masjid atrofidagi avtomobillar qöyiş joyiga ozgina şağal tökib, bir qadar epaqaga keltirilgan. Lekin, uning oldidan ötgan yöl juda açinarli holatda. Yomğir yoki qor yoğadigan bölsa, şu yöldan yuradigan maktab öquvçilari, yoşi uluğ kişilar, aholi aziyat çekişi aniq.



Öylaymizki, şahar hokimligi aholini qiynab kelayotgan muammoni tez kunlar içida bartaraf qilişga çoğlanadi.
Biz mazkur muammoga yana qaytamiz...










