Kataloniyaning «Barselona» klubi kolumbiyalik himoyaçi Yyerri Minani öz safiga qöşib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga köra, klub Mina bilan 2023 yilning yoziga qadar möljallangan 5,5 yillik şartnoma imzoladi. 

Rasmiy manbada yozilişiça, klub 23 yoşli futbolçining transferi uçun Braziliyaning «Palmeyras» klubiga 11,8 million yevro sarflagan. Uning şartnomasida tovon puli sifatida 100 million yevro körsatilgan.