Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Çirçiq şahridagi «Özbekkimyomaş»ga taşrif buyurdi va bu yerda yangi loyiha bilan tanişdi. Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, loyihada mavjud metall quyiş quvvati 1,7 ming tonnadan 4 ming tonnaga oşiriladi. Mahsulot sifati yaxşilanadi, energiya va mehnat resurslari tejaladi.

Prezident şu yerda Çirçiq şahrini şaharsozlik normalari asosida qayta quriş loyihasi bilan tanişdi. «Çirçiq markaziy dehqon bozori» MÇJ rekonstruksiya qiliş loyihasiga köra, yangi tipdagi zamonaviy bozor taşkil qilinadi.

Loyihalarda şahar markaziy istirohat boğini rekonstruksiya qiliş, «Çirçiq» daryosi böyida zamonaviy sayilgoh quriş, Çirçiq davlat pedagogika instituti hamda Çirçiq jismoniy tarbiya institutini zamonaviy öquv maskaniga aylantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ham ma'lumot bor.

Şu yerda «Özbekgidroenergo» AJ tomonidan innovatsion ğoya va yangi texnologiyalar asosida Pskent, Çorboğ gidroelektr stansiyasini quriş hamda uning barqaror va xavfsiz işlaşini ta'minlaş böyiça investitsiya loyihasi taqdim qilindi.   

Prezidentga «Çirçiq qişloq xöjaligi zavodi» hududida amalga oşiriladigan qişloq xöjaligi maşinasozlik sohasini rivojlantiriş dasturi haqida ma'lumot berildi. 

Prezidentga qişloq xöjaligining maşinasozlik sohasida resurs tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etişni ta'minlaydigan zamonaviy, unumdorligi yuqori qişloq xöjaligi texnikasi va mexanizatsiya vositalarini işlab çiqariş yuzasidan qilinadigan işlar haqida ma'lumot berildi.

Davlat rahbari sanoat tarmoqlarini rivojlantiriş borasida amalga oşirilgan iqtisodiy islohotlar yaqin yillarda öz samarasini berişini ta'kidladi.