IFI Claims'ning yangi hisobotiga köra, 2017 yilgi patentlar soni böyiça IBM - yetakçi. Yana bir yangilik — top-50 röyxatiga birinçi bölib Facebook kirdi, deb yozadi TechCrunch.
IBM 25 yildan buyon birinçi örinni egallab kelmoqda. Ötgan yili, IFI Claims ma'lumotlariga köra, unga 9043 Amerika patenti berildi - bu 2016 yildagiga nisbatan mingtaga va eng yaqin raqibi — Samsung Electronics patentlaridan 3 mingtaga köpdir.
Eng innovatsion 10 kompaniya röyxatida şuningdek Canon, Intel, LG Electronics, Qualcomm, Google, Microsoft, Taiwan Semiconductor Manufacturing Co (TSMC) va Samsung Display nomlari qayd etildi. Agar Samsunğning barça şö'ba va tobe' kompaniyalari hisobga olinsa (top-1000 röyxatiga uç şunday kompaniya kiradi), u patentlar soni böyiça IBM bilan deyarli tenglaşadi.
Şubhasiz, patentlar har doim ham kompaniya daromadiga ta'sir körsatmaydi, zero barça ilğor texnologiyalar ham bozorga çiqiş imkoniga ega emas. Masalan, dunyoning eng badavlat kompaniyalaridan biri hisoblangan Apple hatto ilk öntalikka ham kira olmagan, u 2229 patenti bilan 11-örinda qayd etilgan. Amazon esa 13-poğonani egallagan.

Şuningdek, IFI Claims'da eng yaxşi patentlangan texnologiyalar har doim ham meynstrimga kirmasligi va vençur investorlar e'tiboriga sazovor bölavermasligi qayd etilgan.
Masalan, 2017 yilda patentlar sonining eng köp ösişi elektron sigaretlar bozorida röy berdi - 45 foiz. Uning ketidan 3D-bosma kelgan bölib, u asosan General Electric tomonidan ilgari suriladi. Nihoyat, uçinçi örinda — sun'iy intellekt, maşina ta'limi va haydovçisiz transport vositalari. Yetakçi — IBM. Tezkorlik bilan ösayotgan boşqa texnologiyalar orasida havo dronlari va "fudtex"larni qayd etiş mumkin.
Eng köp patent ma'lumotlarni qayta işlaş va ularni uzatiş sohasi böyiça berilgan — 49 mingga yaqin. Bu sohaga DT ham, uskunalar ham kiradi. Bu yerda ham IBM yetakçi hisoblanadi.












