«Mançester Siti» Sançesdan voz keçgani yöq, «Liverpul» Koutinoga örinbosar izlamoqda, «Çelsi» Ross Barkli transferi mojarosi bilan band, Arsen Venger esa öziga xos harakat qilib, Gretsiyadan 2 million yevrolik futbolçi olib keldi. Bu jamoalar fonida «Mançester Yunayted» biroz passiv körinişi tabiiy. Qişki transfer dariçasini unçalik xuş körmaydigan Joze Mourino bu farazni isbotlab, ötgan yanvarda ham umuman heç kimni sotib olmagandi.

Lekin uşbu mavsumda jamoaning maqsadlari yuksakroq – «MYu» 2-4 örinlar uçun ayovsiz jang qiliş va Çempionlar Ligasida ham uzoqroqqa borişni maqsad qilgan. Ba'zi futbolçilarning jarohati va işonçni oqlay olmayotganliklari esa, ba'zi pallalarda «Yunayted» tarkibida muammolar borligini körsatib qöydi. Buni Mourinoning özi ham tan oldi va odatga xilof ravişda yanvarda ham bir qator transferlar bölişi mumkinligini inkor etmadi.

«MYu» hozirda ikki qanot himoyaçisiga, şuningdek markaziy yarim himoyaçiga ham ehtiyoj sezmoqda. Lekin eng köp muhokama qilinayotgan pozitsiya jamoaning öng qanot hujumçisi yoki vingeriga bölgan talabidir. Aynan bu pozitsiya köproq muhokama bölişi tabiiy, sababi, maydonning aynan şu nuqtalarida yulduz futbolçilar töp suradi.

Garet Beyl, Paolo Dibala yoki Antuan Grizmann kabi orzularni bir çetga surib, «Yunayted» aynan mana şu yanvarda sotib olişi haqiqatga yaqinroq bölgan nomzodlar haqida suhbatlaşamiz.

MeSUT ÖZIL (Arsenal) – 29 yoş

2017/18 mavsumda: 18 öyin, 4 gol, 5 assist

Taxminiy transfer qiymati: 30 million funt

Foto: Twitter

Germaniyalik futbolçi «Arsenal» bilan yangi şartnoma tuzgani yöq va bu iş amalga oşmasa ham kerak. Buning natijasida transfer qiymatini yuqori bölmasligi, şuningdek, tajribali futbolçi sifatida Özil «Yunayted»ga ilk kunlardanoq yordam bera boşlaşini e'tiborga olsak, yomon variant emas. Özil Joze Mourino bilan «Real»da ham birga işlagan va aytiş kerakki, futbolçining Madriddagi eng yulduzli onlari ham öşa davrga töğri kelgandi.

Özil har ikki qanotda ham öynay oladi, tezkor qarşi hujumlar taşkil qiliş va öyinni nazorat qiliş böyiça Xuan Mata yoki Mxitaryandan ustunroq. «Arsenal» va Özil bu mavsum Çempionlar Ligasida qatnaşmadi, demak Mesut Çempionlar Ligasida ham foydalaniş bölgan yulduzli transferlardan biri bölişi tabiiy. Balki yozni kutib, futbolçini tekinga qölga kiritiş ham mumkindir, ammo u paytgaça vaziyat özgarişi, futbolçi uçun yangi talabgorlar paydo bölişi mumkinligini ham esdan çiqarmaslik kerak.

Agar Mourino aynan bugungi muammolarni yeçişni va aynan mana şu bahorda kuçliroq «MYu»ni qurişni rejalaştirayotgan bölsa, şubhasiz, Özil eng yaxşi nomzoddir.

LUKAS MOURA (PSJ) – 25 yoş

2017/18 mavsumda: 5 öyin, 1 gol, 1 assist

Taxminiy transfer qiymati: 20 million funt

Foto: Twitter

Yanvar oyi yaqinlaşgaç, Mouraga «Mançester Yunayted» tomonidan qiziqiş paydo bölgani va futbolçining «Old Trafford»ga köçib ötişga qarşi emasligi haqida xabarlar paydo böldi. Hatto 25-30 million yevro atrofidagi transfer qiymati borasida ham söz bordi. Keyinçalik, bu xabarlar asossiz ekani aytilayotgan bölsa-da, şamol bölmasa daraxtning uçi qimirlamaydi.

Lukasni Aleks Fergyuson ança avvaldan kuzatgan va 2012 yilda Mançesterga olib keliş uçun qattiq harakat qilgandi. Ammo braziliyalik futbolçi Parijni tanladi. Öşa davrda Lukas hamyurtlari Neymar va Gantso bilan birgalikda, dunyoning eng umidli yoşlaridan edi. Ammo «PSJ»ga doimiy ravişda yulduz futbolçilarning kelib-ketaverişi Lukasni köpinça soya ostida qoldirdi. Umuman, Fransiya çempionati boşqa ligalar soyasida qolganini ham ta'kidlaş kerak. Neymar va Mbappening kelişi esa, ötgan mavsumda deyarli hamma öyinda maydonga tuşgan Lukasning öyin amaliyotini pasaytirib yubordi. Moura bu mavsumda atigi 5 öyinda maydonga tuşdi, xolos.

Jahon çempionatida iştirok etiş uçun köproq maydonga tuşiş kerak, aynan şu omil Mouraga klubni almaştiriş uçun asosiy sabab bölişi kerak. Yuqori texnikaga ega bölgan 25 yoşli futbolçi «Mançester Yunayted»ning hujum çiziğiga rang-baranglik olib kirişiga şubha yöq.

Şuningdek, uning ham ikki marta zayavkaga kiritilganiga qaramasdan, Çempionlar Ligasi guruh bosqiçida maydonga tuşmaganini ham ta'kidlaş kerak.    

RIYoD MAHReZ

2017/18 mavsumda: 21 öyin, 7 gol, 7 assist

Taxminiy transfer qiymati: 50 million funt

Foto: Twitter

«Liverpul» Filippe Koutinoni sotişi hamono uşbu futbolçini qölga kiritişga harakat qilib körgani, lekin «Lester» jazoirlik futbolçi uçun 55 milliondan kam narx belgilamasligi haqida xabarlar çiqdi. Bu naqadar rost, bilmadik, ammo alaqaçon Mahrezga top-klubda özini sinab köriş vaqti kelgan.

2015/16 yilgi mavsumda APLning eng yaxşi futbolçisi hali ham öz iqtidorini yöqotgani yöq, öşa mavsumdagidek barqaror bölmasa-da, ba'zida kiçik sehrgarliklar qilib turibdi. Uning bugungi «Lester» saviyasidan oldinga ötib ketganini payqaş mumkin, balki şuning uçunmi, goh «Arsenal», goh «Liverpul» bilan boğliq miş-mişlar tinmayapti.

Özi çapaqay bölgan Mahrez «MYu»ning öng qanotiga ham tezkorlik olib kira oladi. Ayniqsa, «Mançester Yunayted» darvozasiga yaqinda Vardi tomonidan kiritilgan gol Mahrezning aynan Mourino juda yaxşi köradigan tezkor qarşi hujumlarda qanday foydali böla olişini namoyiş qildi.

Birgina minus jihat şundaki, Mahrez himoyalanişda u qadar foydali emas, şuning uçun ham öz vaqtida Raneri top klublarga qarşi ba'zi öyinlarda yoki hisobni saqlab qoliş kerak bölgan vaziyatlarda uni maydonga tuşirmasdi yoki almaştirardi.

FILIPe MALKOM

2017/18 mavsumda: 18 öyin, 7 gol, 4 assist

Taxminiy transfer qiymati: 35 million funt

Foto: Twitter

«Bordo» safida juda samarali harakat qilayotgan 20 yoşli braziliyalik futbolçini «Mançester Yunayted» ançadan beri kuzatib keladi. Malkom şu bugundan «MYu»ni kuçaytirişiga işoniş qiyin, ammo yoş futbolçining öyindan öyinga ösib borayotgani va balki yozda uning talabgorlari safi kengayişini e'tiborga olsak, yanvardan otni qamçilaş kerak.

Malkom ham çapaqay, asosan öng qanotda harakat qiladi. Yaxşi tezlikka va driblingga ega, uzoq masofadan ham yaxşi zarba bera oladi. «Bordo» hatto Liga 1 da ham u qadar hujumkor jamoa emasligini e'tiborga olsak, Malkomning yuqori statistikasi uning juda yaxşi potensialga ega ekanidan darakdir.

Aynan şu mantiq bilan kelajak uçun sotib olingan Antoni Marsiyalning ilk öyinlardanoq «MYu»ning yetakçi öyinçilaridan biriga aylanganini e'tiborga olsak, balki Malkomga ham xuddi şunday umidlarni boğlaş mumkindir?

ANDReAS PeRReYRA

2017/18 mavsumda: 16 öyin, 1 gol, 3 assist

Foto: Twitter

Genrix Mxitaryan ötgan mavsumda ham Jozening qora ruyxatiga tuşgan, ammo mavsumning ikkinçi yarmiga kelib, eng muhim futbolçilardan biriga aylangandi. Jyessi Lingardning ayni bugungi kunlardagi öyinini ham e'tiborga olsak, Mourino jamoasi har qanday futbolçi biror pallada öz darajasidan yuqori öyin körsatişi mumkin. Şu e'tibor bilan Mxitaryanning ustidan çiziq tortmay turgan yaxşi.

Jozening unga nisbatan munosabati ham hozirça tuşunarsiz. Odatda, hafsalasi pir bölgan futbolçilarni butunlay inkor qiladigan portugaliyalik murabbiy «Derbi»ga qarşi öyinda Mxitaryanni almaştirgani uçun undan uzr söradi. Tuşunarsiz-a? Boşqa tomondan Bastian Şvayştaygerni eslaş mumkin – yarim yil maydonga tuşirilmagan nemis futbolçisi ötgan yili yanvarda e'tiborga tuşdi, asta-sekin maydonga qaytdi va Mourino u haqida iliq fikrlar bildira boşladi. Bir hafta ötib esa, sotib yuborildi. Xullas, Mourinoning aynan Genrixga nisbatan qanday reja qilayotganini heç kim bilmaydi.

Andreas Perreyra esa, «Mançester Yunayted» tarbiyalanuvçisi. Ötgan yili «Granada», bu mavsumni esa «Valensiya» tarkibida ijarada öynayotgan 21 yoşli futbolçining saviyasi ösib borayotganini payqaş qiyin emas. Perreyra yozda jamoa bilan birga böldi, Mourino qöl ostida şuğullandi, lekin avgustda «Valensiya»ga berib yuborildi. Yozda Mourino uni köproq markaziy yarim himoya va tayanç zonasida sinab körgandi, «Valensiya»da esa, Perreyra köproq öng qanot vingeri sifatida maydonga tuşmoqda va bir neçta golli pas uzatişga ham muvaffaq böldi. «Valensiya»ning mavsum boşidagi hovuri bosilganini e'tirof etsak, Andreas Perreyra ham öz jamoasiga muddatidan ortiq qaytişga qarşi bölmasa kerak.

Q.Aslanov tayyorladi