Samuel Umtitining kutilmaganda safdan çiqişi va Xaver Maskeranoning yanvarda jamoani tark etişi mumkinligi, hozirda maydonga tuşayotgan Tomas Vermalenning istalgan paytda jarohatlanib qoliş odati «Barselona»ni yanvar oyidayoq markaziy himoyaçi sotib olişga undadi.

Asosiy nomzodlar sifatida La Ligada yoki Yevropada yetarli tajribaga ega bölgan Inigo Martines, Kulibali va De Ligt tilga olingan bölişiga qaramasdan, klub «Palmeyras»ning 22 yoşli kolumbiyalik himoyaçisi Yyerri Minani sotib oldi. Kataloniyaliklar futbolçi uçun 12 million yevro atrofida pul tölaşdi va futbolçi 2023 yilgaça klub bilan şartnomaga imzo çekdi. Minaning tovon puli 100 million yevro deb qayd etildi. Köp muxlislar uşbu transfer haqidagi rasmiy xabardan keyingina Mina nomini ilk bor eşitişgan bölsa-da, «Barselona» muxlislari uçun bu nom yangilik emas. Braziliya A Seriyasida esa, Mina haqiqiy yulduz va sönggi mavsumning eng yaxşi himoyaçisi hisoblanadi. 

ÇÖZILIB KeTGAN TRANSFeR

Foto: Sport Ekspress

Yyerri Mina nomi «Barselona» muxlislariga taniş deb bekorga aytilmadi. Uşbu transfer göyoki şoşilinçdek tuyulayotgan bölsa-da, aslida Mina va «Barselona»ning yöllari kesişişi ikki yilga çözildi. 

«Barselona» futbolçi bilan u Kolumbiyaning «Santa-Fe» jamoasida töp surib yurgan paytidayoq qiziqqandi. 2016 yilning qişki transfer dariçasida Mina «Barselona» bilan muzokaralar ötkazgan. Rejaga köra, Mina «Barsa B» tarkibiga qöşilib, öşa yerda faoliyatini davom ettirişi lozim bölgan. Ammo oraga «Palmeyras» qöşilgaç, «Barselona»ning rejalari özgardi – Kolumbiya çempionatidan ança kuçli bölgan Braziliya A Seriyasi Yyerrining ösişi uçun juda maqbul edi. «Barselona» va «Palmeyras» özaro kelişib olişdi – Yyerri «Palmeyras» bilan şartnoma imzolaydi, «Barselona» esa, futbolçini sotib oliş uçun dastlabki huquqga ega böladi. 

Minaning «Barselona»ga transferi haqida ötgan yozning boşida muzokaralar boşlandi.  Futbolçining transferi deyarli aniq bölib ulgurgan, faqat u Libertadores kubogida öz jamoasiga yordam berişni istayotgandi. «Palmeyras» uşbu turnirni tark etişi hamono Minaning «Barselona» safidan joy olişi kelişib olingandi. Ammo...

Avgust oyida boşqa bir «Barselona» bu işga xalaqit berdi, Ekvadorning şu nomli klubiga qarşi javob öyinining 39-daqiqasida Yyerri Mina jiddiy jarohat oldi va 3 oyga safdan çiqqani ma'lum böldi. Aynan şu jarohat futbolçining Barselonaga köçib ötişiga tösqinlik qildi. Yyerri keyingi töliq öyinini noyabrning örtalariga kelibgina ötkazişga muvaffaq böldi. Jarohatdan söng ham asta sekinlik bilan yuksak sport formasiga kirib borayotgan Mina «Barselona» nazaridan qoçmadi va nihoyat, biroz keç bölsa-da, u öz orzusiga erişdi.