Elektron ommaviy murojaatlar (petitsiyalar) yetarliça fuqarolar tomonidan qöllab-quvvatlangan taqdirda Parlament va Xalq deputatlari kengaşi sessiyalarida muhokamaga qöyiladi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunçilik Palatasi deputati J.J.Şirinov "Taraqqiyot strategiyasi" markazida bölib ötgan brifingda ma'lum qildi. Tadbirda qatnaşgan KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, J.J.Şirinov 2018 yilgi Davlat dasturi doirasida amalga oşirilişi kutilayotgan quyidagi ustuvor yönalişlarni sanab ötgan:
1. Davlat organlarida jamoatçilik kengaşini taşkil etiş. Zero jamoatçilik kengaşlari davlat organlarini xalqqa yaqinlaştiriş, uning faoliyati oçiqligini ta'minlaş uçun xizmat qiladi;
2. Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça Maslahat kengaşini taşkil qiliş;
3. Parlamentda qonun loyihalarining jamoatçilik muhokamasini tizimli taşkil etiş. Bunga jamoatçilikni keng jalb qiliş, fuqarolarning parlament qonun muhokamalariga erkin, heç qanday moneliksiz kirişini ta'minlaş;
4. "Mening fikrim" maxsus veb-portalini taşkil etiş. Bu borada fuqarolardan köp takliflar kelib tuşgan. "Mening fikrim" maxsus veb-portali - parlament palatalari, mahalliy xalq deputatlari kengaşlariga bevosita fuqarolar tomonidan özining nutqai nazari va taşabbusini bildiradigan maydon. Bunda xalqning özi qonun ijodkorligini körsatib boradi;
5. Elektron jamoaviy murojaat (petitsiya). Oliy Majlis palatalari yoki xalq deputatlari kengaşlariga muayyan taşabbus olib çiqiladi. Taşabbusni yetarliça fuqarolar qöllab-quvvatlasa, albatta, uning muhokamasi qonun bilan belgilanadi. Şundan söng parlament ham, xalq deputatlari kengaşi ham öz sessiyalarida uni körib çiqişga majbur böladi;
6. Nodavlat jamoatçilik taşkilotlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş. Davlat mulkini imtiyozga beriş tartibi işlab çiqiladi;
7. Nodavlat ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş. Bugungi kunda nodavlat OAVni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş Oliy Majlis hisobidagi jamoat fondi tomonidan grant şaklida, ijtimoiy buyurtma va subsidiyalar şaklida amalga oşirib kelinmoqda, lekin endi alohida davlat fondining taşkil etilişi taklifi berilmoqda;
8. Fuqarolar yiğini maslahatçilari sayloviga bağişlangan qonunçilikni takomillaştiriş. Saylovlarda fuqarolarning bevosita özining iştirokini ta'minlaşga doir takliflar kelib tuşmoqda, nomzodlarni körsatişda şaffoflikni ta'minlaş.












