Internetda Moskva şahrining Moskva tumanida yoş yigitning köp qavatli aholi turar-joy uyi balkonidan paraşyutda sakragani tasvirlangan video paydo böldi. Şu bilan birga, paraşyut maxsus ranets (xalta)da bölmagan.
Videoyozuvlarda yigitning pastga qarab paraşyut arqonini tuşirayotgani va şamol kuçayişini kutayotganini köriş mumkin. Şundan söng u balkondagi tösiqqa kötarildi hamda özini pastga qarab taşladi, parvoz davomida esa bir neça marta «umbaloq» ham oşgan.
Pastga sakraş kerakli balandlikdan amalga oşirilmagan bölsa ham, paraşyut öz vaqtida oçildi va ekstremal yerga muvaffaqiyatli qöndi.











