Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In qarama-qarşilikning joriy bosqiçida ğolib çiqdi, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Koreya yarimorolidagi vaziyatga izoh berar ekan. U bunday fikrni11 yanvarda Rossiya OAV va axborot agentliklari rahbarlari bilan uçraşuvda bildirdi. 

“Fikrimça, janob Kim Çen In, şubhasiz, bu partiyani yutdi. U özining strategik vazifasini hal qildi: unda yadroviy zaryad bor, uning ehtimoliy duşmani hududi, Yer şarining istalgan nuqtasigaça yetib boradigan, 13 ming km.gaça uçadigan raketa bor”, deb aytgan Putin.

Putinning aytişiça, Şimoliy Koreya rahbari endi vaziyatni “tekislaş va tinçlantiriş”dan manfaatdor.

“Mutlaq bilimdon va yetuk siyosatçi”, deb ta'kidlab ötgan Putin.  

Kim Çen In avvalroq uning işçi stoli ustida Şimoliy Koreyaga AQŞning “uruş boşlaş” istagini bostirib turişga imkon beruvçi “yadroviy tugma” borligini aytgandi.