01:03 / 12.01.2018
111217

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori ishdan bo‘shatildi

Foto: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

11 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat a'zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralar rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori sifatida ishlab kelayotgan Abdumalik Jumanov lavozimidan bo‘shatilgan. Hukumatdagi KUN.UZ axborot manbasining aytishicha, bunday o‘zgarish diplomatiya sohasida kadrlar tayyorlash dasturini tubdan isloh qilish uchun bajarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jumanov bundan oldin Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida ham rektor sifatida faoliyat yuritgandi. Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori o‘tgan yildan e'tiboran vazir o‘rinbosari maqomiga tenglashtirilgandi.

Top