Keça, 30 dekabr kuni Toşkent xalqaro Vestminster universiteti (TXVU)da yangi Ucell-laboratoriya loyihasining oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Ucell'ning yetakçi lavozimlarida mehnat qilayotgan Vestminister bitiruvçilari ham qatnaşişdi. Loyiha «COSCOM» MÇJ (Ucell savdo belgisi) va Toşkent xalqaro Vestminster universiteti (TXVU)ning yoş iste'dodlariga kömaklaşiş, bölajak mutaxassislar salohiyatini yanada oşirişga qaratilgan.

Avvalroq, 2020 yilning avgustida Ucell kompaniyasi va TXVU örtasida hamkorlik memorandumi imzolangandi. Mazkur memorandum doirasida universitetning yangi binosi bazasida oçilgan Ucell-laboratoriyasi talaba va öqituvçilarga axborot va telekommunikatsiya sohasida, şuningdek, menejment va marketing yönalişida tajriba almaşiş hamda bilim oliş imkoniyatini yaratib berişi aytilmoqda.

– Ucell'ning Vestminster universiteti rivojiga qöşayotgan hissasi butun Özbekiston va barça sohalarda kuçli kadrlarni tayyorlaşga xizmat qiladi. “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili” deb e'lon qilingan yangi – 2021 yil arafasida yangi Ucell-laboratoriya loyihasining oçilişi biz uçun yanada muhim ahamiyat kasb etadi”, - deydi oçiliş marosimida sözga çiqqan «COSCOM» MÇJ Boş direktori örinbosari Farhod Nurmuhamedov.
Ucell bilan hamkorlikdagi Laboratoriya loyihasi telekommunikatsiyalar sohasida «professionallar fabrikasi»ni yaratişga poydevor bölib xizmat qilişi kutilmoqda. Hozirda laboratoriya ma'ruzalar, taqdimotlar, trening va seminarlar hududi, mustaqil bilim oliş va özini özi rivojlantiriş, şuningdek, kreativ fotozona kabilarni öz içiga oladi.

TXVU rektori Bahrom Mirqosimovning qayd etişiça:
– Toşkent xalqaro Vestminster universitetining maqsadi – Özbekiston, umuman, Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy rivojlanişiga hissa qöşadigan xalqaro ta'lim standartlari hamda ilmiy-tadqiqot imkoniyatlarini ta'minlaşdan iborat. Yangi Özbekiston bilim beriş va ta'lim olişning yangi metodlarini talab etadi. Ucell-laboratoriya loyihasi talabalar va öqituvçilar uçun yangi ta'limiy, ilmiy va innovatsion imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu mobil aloqa tarmoqlarini boşqariş va innovatsion yeçimlarni yetkazib berişda bilim va könikmalarni amaliy jihatdan qöllaş imkonini beruvçi platforma. Ucell-laboratoriya telekommunikatsiya sohasida yoş mutaxassislarning bilimini yanada mustahkamlaşga katta yordam beradi.












