Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) doirasida Jamoat Salomatligi sohasidagi beshta ilg‘or tajriba global markazlaridan biri sifatida nufuzli maqomga ega bo‘ldi.

Mazkur maqom O‘zbekistonda ham, butun mintaqada ham TXVUning sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish va yetakchilikni namoyon etishdagi yuqori darajasini tasdiqladi.

Jamoat salomatligi sohasidagi ilg‘or tajribalar global markazi maqomining berilishi mintaqa uchun alohida ahamiyatga ega. Bunday maqom ta’lim muassasasining xalqaro standartlarga mos, ilmiy salohiyatga ega hamda tibbiyot va jamoat salomatligi sohasidagi zamonaviy va uzoq muddatli muammolarga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlashga qodir bo‘lgan sog‘liqni saqlash tizimi kelajagini shakllantirishda asosiy ishtirokchilardan biri sifatida e’tirof etilganini tasdiqlaydi. Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining aynan shunday oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etilishi uning O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoda kadrlar hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirishda yetakchi o‘rin tutayotganidan dalolat beradi.

- Bu e’tirof nafaqat universitetimiz, balki butun mamlakatimiz va mintaqamiz - Markaziy Osiyo uchun katta ahamiyatga ega. Bu jamoat salomatligi sohasida xalqaro darajaga erishish yo‘lidagi muhim qadamdir. Vestminster universiteti Jamoat Salomatligi magistratura yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgandan buyon milliy sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash va unga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etishga qodir bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasidagi professional kadrlar va boshqaruvchilarni tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

Suhrob Saliyev - Jamoat Calomatligi magistratura dasturi rahbari

TXVU Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlashni boshqarish sohasida mutaxassislarni faol tayyorlamoqda.

Universitet O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qilib, sog‘liqni saqlash tizimi uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha keng qamrovli qo‘shma dastur amalga oshirmoqda. Mazkur dastur mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga ilg‘or xalqaro tajribalar va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qodir yuqori malakali boshqaruv zaxirasini shakllantirishga qaratilgan. 2024–2025 o‘quv yili davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda