Zimbabve – dunyoning eng qaşşoq mamlakatlaridan biri, yaqin vaqtgaça milliarderlar orasida birorta zimbabvelik bölmagan. Biroq Forbes versiyasiga köra, Afrikaning eng badavlat kişilarining yangi reytingiga telekommunikatsiya magnati Strayv Masiiva kiritilgan, uning moliyaviy holati 1,7 milliard dollarga baholangan. 

57 yoşli Masiiva — mobil telefonlar savdosi bilan şuğullanuvçi Econet Wireless kompaniyasining boş ijroçi direktori va asosiy aksiyadori. Şuningdek kompaniya moliya, suğurta, elektron kommersiya, qayta tiklanuvçi energiya manbalari, ta'lim va boşqa sohalarga ham investitsiya kiritadi. 

Masiivaning boşqa aktivlari orasida - Liquid Telecom aksiyalarining nazorat paketi, Burundi va Lesotodagi mobil telefonlar tarmoqlaridagi uluşi ham bor. Şuningdek u Afrikadagi moliyaviy texnik va distribyutorlik firmalariga ham sarmoya yönaltiradi. U turmuş örtoği Tsitsi bilan "Oliy hayot" fondiga asos solgan bölib, u Zimbabve, Janubiy Afrika, Burundi va Lesotodagi ota-onasiz qolgan bolalarni qöllab-quvvatlaydi.

Sönggi yilda Econet Wireless aksiyalari taxminan beş karra oşdi - bir aksiya narxi 18 dollardan 90 dollarga ösgani kuzatildi.