13 yanvar kuni Toşkent şahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştirişning ustuvor yönalişlari böyiça press-brifing muhokamasi bölib ötdi.

Markaziy bank raisi örinbosari Şuhrat Atabayevning ma'lum qilişiça, «Xalqaro valyuta jamğarmasi vakillari joriy yilning fevral oyida Özbekistonga kelişi kutilmoqda».

«Banklarning tölov qobiliyatini ta'minlaş maqsadida ulardagi kapital miqdorini 20 foizga oşiriş nazarda tutilmoqda. Hanuzgaça, MB tomonidan amalga oşirilayotgan pul-kredit siyosati instrumentlari zamon talablariga töliq javob bermaydi. Şuni inobatga olgan holda, 2018 yilda pul-kredit siyosatida qöllanuvçi instrumentlarni qayta körib çiqamiz», deb fikr bildirdi u.

Şuningdek, pul bozorining yagona elektron bozori şakllantiriladi. Bundan közlangan maqsad şundaki, aholi ixtiyorida bölgan naqd pul mablağlarini tijorat banklarga qöyiş imkoniyati takomillaştiriladi.

«Bundan taşqari, tölov tizimida ham sezilarli özgarişlar kutilmoqda: xorijiy bank plastik kartalari yoki tölov kartalari, masalan MasterCard, UnionPay kabi tizimlar Özbekistonda töliq joriy etiladi. Bankomatlar orqali xorijiy tölov kartalaridagi mablağlarni avtomatik tarzda söm valyutasiga konvertatsiya qilinişi belgilanmoqda», deb ma'lumot berdi Ş.Atabayev.