BMT Xavfsizlik kengaşi Afğonistonga uşbu mamlakatdagi vaziyatni örganiş uçun maxsus delegatsiya jönatadi. Bu haqda Qozoğistonning BMT Xavfsizlik kengaşidagi doimiy vakili Kayrat Umarov jurnalistlarga ma'lum qildi.
Umarovning sözlariga köra, Qozoğiston boşçiligidagi missiya Afğoniston hukumati vakillaridan taşqari, mahalliy aholi vakillari bilan ham uçraşuvlar ötkazişni rejalaştirgan.
«Bu Afğonistonga keyingi 7 yil içida ilk marta amalga oşirilayotgan taşrifdir. Biz Ostona BMT Xavfsizlik kengaşining vaqtinça a'zosi bölganida buyon şu masala ustida işladik. Biz XK a'zolari vaziyat bilan joyida tanişişi kerak deb hisoblaymiz», - degan u.
Umarov taşrif sanasiga aniqlik kiritmadi.
AQŞ prezidentining Milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi general-leytenant Gerbert Makmaster ham seşanba kuni BMT XKdagi çiqişi vaqtida afğon masalasini kötargandi.











