Britaniya qişloq xöjaligi vazirligi mamlakat janubi-ğarbidagi Dorset grafligida 17 ta yovvoyi quşda H5N6 parranda grippi bilan kasallaniş holatini aniqladi. Bu haqda hukumat saytida xabar berilgan.

Vazirlik ma'lumotlariga köra, bu 2017-2018 yilgi qişki mavsumda qayd etilgan ilk şunday holatdir. Ştamm ötgan yili Xitoyda kuzatilgan kasallikdan farq qiladi hamda inson uçun katta xatar uyğotmaydi.

"H5N8 parranda grippidan odamlar soğligi uçun tahdid juda past. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati standartlari böyiça agentlik xabariga köra, kasallik oziq-ovqat uçun xatar tuğdirmaydi", - deyiladi vazirlik bayonotida. Aniqlik kiritilişiça, virus parrandalar uçun "juda yuqumli" va "ölimga" olib keladi.

Yaponiyaning Sikoku orolidagi Kagava prefekturasida esa yanvar oyida taxminan 92 ming tovuq parranda grippi virusi tufayli yöq qilindi. Bu haqda Yaponiya Qişloq xöjaligi vazirligi xabar bergan.

Uning ma'lumotlariga köra, bu kasallik Sanuki şahri va unga yaqin tumanlardagi bir neça fermalarda qayd etilgan. Tahlillar N5N6 ştammli parranda grippi virusiga ijobiy reaksiyani körsatdi.

Parrandalarni yöq qiliş böyiça amaliyotda 750 kişi, jumladan özini-özi mudofaa qiliş kuçlari xodimlari qatnaşdi. Parrandi grippi virusi aniqlangan fabrikalardan 10 kilometr radiusda karantin hududi joriy etildi, tuxum, tovuq va undan mahsulotlarni bu tuman taşqarisiga olib çiqib ketişga taqiq qöyildi. Yöllarda dezinfeksiya işlari olib borilmoqda.