13 yanvar kuni Toşkent şahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştirişning ustuvor yönalişlari böyiça press-brifing muhokamasi bölib ötdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, muhokamada Moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov «2018 yilda ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlarning içki bozordagi narxi keskin oşib ketmasligi uçun ustuvor vazifalar belgilangan» va maxsus jamğarma tuzilgani haqida ma'lum qildi.

«Jamğarma mablağlari hisobidan çet eldan şakar import qilinmoqda, ayni paytda içki bozorda şakarning narxi örtaça 5000 söm etib belgilanişiga erişdik. Kelgusi yilda jamğarma kömagida içki bozorda keskin narx navo özgarib ketişini oldini oliş rejalaştirilmoqda», deb ta'kidlaydi u.

Şuningdek, mamlakatda soliq siyosati ham tanqidiy qayta körib çiqiladi.

«Bilamizki, kiçik korxonalar tovarlar uçun qöşimça qiymat soliğini tölamaydi. Yirik korxonalar esa bunday soliq majburiyatiga ega, tabiiyki, ikki turdagi korxonalar örtasida savdo şartnomasi tuzilsa, tovar narxida tafovut kelib çiqadi. Şu tufayli, joriy yilda kiçik korxonalar uçun qöşimça qiymat soliğini belgilaş nazarda tutilmoqda», deb qöşimça qildi A.Haydarov.