Olimlar Marsda suv va muz keng tarqalganining isbotlarini topişda davom etişmoqda. Science jurnalida çop etilgan yangi tadqiqotda Marsning örta kengliklarida muz konlari borligi aniqlangani haqida sözlangan. Bunday joylar Mars içiga ehtimol yuz metrdan köproqqa kirib borgan.   

Sirtdan bunday joylar kir bilan qoplangan kiçik muz hosilalari kabi körinadi. Ehtimol, ular Marsda bir neça ming yil avval qor yoğişi natijasida vujudga kelgan bölişi mumkin. Keyinçalik ular tuproq bilan aralaşib, çang bilan qoplangan va buning oqibatida buğlanmagan. Bu ularga şunday körinişda hozirgaça saqlanib qolişga imkon bergan. Bu muz qatlamlari öziga xos tişsimon landşaftni yaratuvçi qoyali tuzilmalar tizimini hosil qiladi. 

Olimlarning aytişlariça, Marsdagi bunday muzlagan suv manbalari 2016 yilda aniqlangan katta muz tuzilmasiga öxşaydi. Bu konlar Marsning kelgusida özlaştirilişida muhim rol öynaşi mumkin. Agar fazogirlar bu muzlarni çiqara olib, ulardan içimlik suvi olsalar yoki yoqilği yarata olsalar, bu Mars missiyasini amalga oşirişda ança yengillik yaratardi.