Saudiya Arabistonining Jidda şahrida mahalliy xotin-qizlarga möljallangan birinçi avtosalon oçildi. Ta'kidlaş joizki, ötgan yilning kuzida qirollik tarixida ilk marta ayollarning maşina boşqarişiga ruxsat berilgandi.
Salon saudiyalik ayollar orasida katta qiziqiş uyğotmoqda. Ular avtomobillarga doim qiziqişgani, biroq avval bunday huquqqa ega bölmaganliklari haqida aytişmoqda.
Ekspozitsiyaning asosiy qismida yoqilği kam sarf qilinadigan avtomobillar namoyiş qilingan, salonga kelgan mehmonlarga faqat ayol-maslahatçilar yordam berişmoqda. Şu bilan birga, savdo markazining özi ham ayollar tomonidan boşqarilmoqda, restoranlarning barça xodimlari ham ayol kişilardan iborat.
Ötgan yilning sentabrida qirol Salmon ibn Abdul Aziz ol Saud ayollarga haydovçilik guvohnomasini beriş huquqini taqdim etuvçi farmonni imzolagan. Bunga qadar esa Saudiya Arabistoni ayollar maşina haydaş huquqiga ega bölmagan dunyodagi yagona mamlakat hisoblangan.

Bundan taşqari, 2018 yilning 12 yanvarida qirollikda ayollarga futbol öyinlarini tomoşa qilişga ruxsat beruvçi qonun kuçga kirdi, ular uçun maxsus tribunalarda joylar belgilangan.












