Professional boksning super yengil ( super lightweight, 63,5 kg.gaça) vaznida ringga çiquvçi Şohjahon Ergaşev (12-0, 12 KOs) özining navbatdagi jangini ham nokaut bilan tugatdi.

Özbekistonlik boksçi özining profi ringdagi 12-jangini AQŞning Nyu-York şahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida ötkazib, bu safar amerikalik yengilmas boksçi, WBA reytingida 8-örinda borayotgan Soni Fredrikson (18-0, 12 KOs) uning raqibi böldi. Ergaşev bu safar raqibini uçinçi raundda nokautga uçratdi va ketma-ket 12 jangida ham nokaut bilan ğalaba qozondi.

Ma'lumot uçun, amerikalik boksçi faoliyati davomida 18ta jang ötkazib, ularning barçasida ğalabaga erişgandi. 12 jangda esa u raqiblarini nokautga uçratgandi. Uşbu vazn toifasining WBA yönalişida çempionlik kamari böş qolmoqda. Reytingda top-10likka kirgan Fredrikson Ergaşevni mağlubiyatga uçratganida da'vogarlik uçun ringga kötarilişi mumkin bölardi.