2018 yilning 11 yanvarida Özbekiston Respublikasi Davlat turizm qömitasi raisi A.Abduxakimov bilan Şvetsiyaning Danfo kompaniyasi vakili A.Şalaşinskiy örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvdan közlangan maqsad Özbekiston Respublikasi turli hududlarida hojatxonalar infrastrukturasini taşkil qilişning amaliy jihatlarini muhokama qiliş edi. Yiğiliş davomida kompaniyaga mamlakatning sayyohlik industriyasini rivojlantiriş böyiça qabul qilingan çora-tadbirlar, xususan, xorijiy mamlakatlardan sayyohlik oqimini köpaytiriş böyiça ma'lumotlar berib ötildi. Uçraşuvda mamlakat böylab zamonaviy hojatxonalar tarmoğini yaratiş mamlakat sayyohlik obrösining muhim tarkibiy qismlaridan biri ekanligi ham alohida ta'kidlandi.

Şvetsiya kompaniyasi vakili Danföning avtomatlaştirilgan hojatxonalari afzalliklari, u uyali kabinalardan tortib, töliq jihozlangan, birinçi darajali dizayn, duş hamda juda ham qulay şart-şaroitlardan iborat funksiyalari töğrisida ma'lumot berdi.
Danfo, şuningdek, mijozga taqdim etilgan hojatxonalarga darhol tölamasliklari uçun uzoq muddatli lizing yoki ijara şartnomasini kiritiş yoki uni boşqa tijoriy sxemalar (masalan, reklama maydoni) orqali moliyalaşga imkon beruvçi moslaşuvçan moliyalaştiriş variantlarini işlab çiqdi, bu esa mijozlarga hatto kiçik byudjyetlar evaziga yuqori sifatli hojatxonalardan foydalaniş imkoniyatini yaratadi.

Bundan taşqari, nogiron kişilarga bunday hojatxonalardan foydalaniş uçun şaroit yaratiş ham rejaga kiritilgan.
Şuningdek, Qömita raisi Özbekistonda işlab çiqarilayotgan hojatxona materiallari va butlovçi qismlardan maksimal foydalaniş kerakligini taklif etgan holda mahalliy bozorda xarajatlarni kamaytiriş lozimligini aytib ötdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar avtomatlaştirilgan hojatxona loyihasini amalga oşiriş böyiça kelişib olindi va Danfo kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikada boşqa turdagi hojatxonalarni ham işlab çiqariş böyiça fikrlar almaşildi.












