Har kim ham uy-joyi, rözğori bekamu köst, havas qilarli bölişini istaşi, tökin-soçin hayot keçirişga intilişi tabiiy. Özbekistonda qulay işbilarmonlik muhiti yaratildi, tadbirkorlikka, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatiga keng yöl oçildi. Uşbu imkoniyatlardan foydalanayotgan işbilarmonlar, korxonalarning işçi-xizmatçilari, qöli gul hunarmandlar, savdogarlar, quruvçilar xorijiy iş beruvçilar taklif qilayotganidan kam daromad topişayotgani yöq, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Oldingdan oqqan suvning qadri yöq, deganlariday birdaniga mömay pul işlab topiş ilinjida norasmiy iş beruvçilarning va'dalariga uçib, xorijga çiqib ketganlarning aksariyati esa uylaridan yölkiraga pul sörab olib, quppa-quruq qaytişga majbur bölişyapti. Ayrimlari odam savdosi qurboniga aylanişyapti. Xorijda işi yurişganlar ham yöq emas. Biroq... Mehr közda, deydilar. Uzoq vaqt körişmay yurgan qarindoşlar, eru xotin örtasida mehr-oqibat riştalari uzilib borayotganini hayotiy misollarda köriş mumkin. Özaro işonçsizlik, raşk tufayli oilalar buzilyapti. Ba'zan eru xotinning oylab, yillab ayro yaşaşi fojiali oqibatlarni keltirib çiqaryapti.
Sudlanuvçi Mehmonali Athamov (ism-familiyalar özgartirilgan) qirq beş yoşga kirguniça bir neça marta xorijga borib, işlab kelgan. Onasiga pul yuborib turgan. Öğliga yengil avtomobil olib bergan. Sönggi bor 2016 yilning aprel oyida Rossiyaga çiqib ketgan. Turmuş örtoği, farzandlari, aka-ukalari bilan uyali telefonda gaplaşib yurgan.
Orada rafiqasi Muyassarxonning telefonini tez-tez öçirib qöyişi dilida şubha uyğotadi. Mahalliy vaqt bilan soat 22:00larda rafiqasi javob bermagaç, tönğiç öğli Nuraliga qönğiroq qiladi.
- Telefonni onangga ber.
- Oyim uyda yöq.
- Qayoqda yuribdi?
- Bilmadim. Ertalab çiqib ketgandi.
Mehmonalining içini muşuk timdalaydi. Keçasi qaylarda, nimalar qilib yuribdi? Ukasining telefon raqamini teradi. “Farğonadagi oşxonaga işga kiribdi. Qatnab, yotib qolib işlarkan...” Mahmudalining sözlari jahlini çiqardi. Rözğorda heç qanday kamçilik bölmasa, nimaga işlagisi kelib qolibdi? Nimaga mendan bir oğiz söramadi, deya 2017 yilning 30 mart kuni xorijdan uyiga qaytib keladi.
- Nimang yetmayapti, nimaga işga kirib olding? – xoli qolganlarida rafiqasini tergaydi.
- Pullaringizni onangizga jönatsangiz. Zarur bölib qolganda yalinib olsam, bolamga dori pulini ham qizğonib bersa, nima qilay, işlaymanda!











