Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zambiyada vabo epidemiyasi tufayli tartibsizliklar yuz berdi
Zambiya hukumati mamlakatning ba'zi tumanlarida ko‘cha savdosini taqiqladi va komendantlik soatini joriy qildi, shu yo‘l bilan vabo epidemiyasi to‘xtatilmoqchi. Bu haqda Reuters davlat IIV rahbari Stefano Kampiongoga tayangan holda xabar bermoqda.
Bunday qarorga mamlakat poytaxti Lusakadagi norozilik namoyishlari sabab bo‘lgan, ular politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib keldi.
Ta'kidlanishicha, namoyishchilar guruhi politsiya bo‘linmasiga hujum qilgan, shuningdek aksiya ishtirokchilari politsiya xodimlariga tosh va shisha idishlarni otishgan. Natijada politsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalandi va taxminan 60 kishini hibsga oldi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, vabo epimediyasi uch oy ichida 70 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:46 / 20.02.2026
Zambiyaning sobiq prezidentini 8 oydan beri dafn qila olishmayapti
22:55 / 16.09.2025
Zambiyada ikki erkak sehr yordamida prezidentni o‘ldirishni rejalashtirgani uchun qamaldi
11:44 / 09.08.2025
Afrikaning 23 davlatida vabo qayd etildi
18:32 / 21.07.2025