Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Tojikistonga rasmiy taşrif bilan boradi.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning ikki davlat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga 25 yil tölişi munosabati bilan yöllagan maktubida aytilişiça, «rejalaştirilayotgan rasmiy taşrif ikki davlatning köp qirrali hamkorligiga yangi turtki beradi va uni qardoş xalqlarning tub manfaatlariga muvofiq yangi darajaga kötaradi».

Xabarda Tojikistonga taşrif muddati haqida heç narsa aytilmagan.

Eslatib ötamiz, S.Jeenbekov 2017 yilning 13-14 dekabr kunlari Özbekistonda rasmiy taşrif bilan böldi.