Joriy yilning 11-yanvarida Özbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a'zoligiga saylangan akademik Ibroxim Abduraxmonov Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi Paxtaobod QFY, Alişer Navoiy mahallasida joylaşgan 9-maktabga borib, u yerda uşbu maktab öquvçilari bilan uçraşdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Uçraşuv çoğida u öz hayoti haqida, maqsadlariga va ilm-fandagi yuksak yutuqlarga qanday erişganligi töğrisida sözlab berdi. Şuningdek, Abduraxmonov Termizdagi Axborot texnologiyalari va turizm kasb-hunar kolleji talabalari bilan uçraşib, Özbekiston fani yutuqlari va istiqbollari, Özbekistonda yoşlar uçun yaratilgan imkoniyatlar va undan unumli foydalaniş haqida öz hayotiy tajribasidan kelib çiqib sözlab berdi. Öquvçilarning faolligi akademik I.Yu. Abduraxmonov tomonidan baholanib, tilak bildirib, sovğalar taqdim etdi.

Ibrohim Abduraxmonovning navbatdagi uçraşuvi Termiz davlat universitetida, talabalar bilan bölib ötdi. Oliygohda u respublikada sodir bölayotgan özgarişlar, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan innovatsiyalar va ilm-fanni rivojlantiriş uçun barça şart-şaroitlarni yaratib berayotganliklari haqida sözlab berdi.


Eng yoş akademiklardan biri Abduraxmonov ta'kidlaganidek, Prezidentimiz, respublikamizning rivojlanişida yoşlarning örni alohida ekanligini köra oldi, şuning uçun ham öz oldimizga eng yuksak maqsadlarni qöyib, ularni amalga oşirişga intilişimiz kerak.
Eslatib ötamiz, ayni paytda Ibrohim Abduraxmonov yangi taşkil etilgan Inovatsion rivojlaniş vaziri hisoblanadi.













