Özbekistondagi harbiy unvonlar ketma-ketligi qanday ekanligini bilasizmi? Adliya vazirligining Telegram messenjeridagi kanali uşbu masalaga oydinlik kiritdi.

Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisidagi Qonunga asosan, Qurolli Kuçlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bölib, bu unvon (uruş davrida) Qurolli Kuçlarining Oliy Boş qömondoniga, şuningdek, mudofaa vaziriga beriladi.

Yuridik yoki tibbiy yönalişdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bölgan harbiy xizmatçi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegişinça «adliya» yoki «tibbiy xizmat» sözlari qöşiladi.

Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste'fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegişinça «rezervdagi», «zaxiradagi» yoki «iste'fodagi» degan sözlar qöşiladi.

P.S. Özbekiston armiyasi asosan quruqlikdagi qöşinlardan iborat. Tinçlik davrida eng oliy unvon generallik unvoni hisoblanadi. Şuningdek, Amudaryoda Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati davlat çegarasini qöriqlaş qömitasiga böysunuvçi harbiy-daryo kuçlari bor. Unda Özbekistonda oliy ofitserlik tarkibi — admirallik unvonlari nazarda tutilmagan.

Adliya vazirligining Telegram messenjeridagi @huquqiyaxborot kanalidan.