Vaşingtonning Suriyada nazoratida bölgan hududlarda “çegara xavfsizligi kuçlari”ni yaratiş rejalari nomaqbuldir. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin ma'lum qildi.
“AQŞ terrorçilik taşkilotini qonuniylaştiradigan qadamlarni qabul qilmoqda – bu holat taşviş uyğotadi. Öz ortimizdan terrorçilikka qarşi istalgan kuraşga huquqni qoldiramiz. Bizning terrorçilik taşkilotlariga qarşi kuraşimiz ham mamlakat içida, ham uning taşqarisida davom etadi. Turkiya öz xavfsizligini ta'minlaş uçun barça çoralarni köradi”, deb aytgan Kalin.
Avvalroq Defense Post naşriga IŞIDga qarşi AQŞ boşçiligidagi koalitsiyaning rasmiy vakili ma'lum qilgandek, koalitsiya Suriyada “çegaralar xavfsizligi kuçlari”ni tuzişga kirişgan.
Uning aytişiça, koalitsiya yangi kuçlarni yaratiş ustida Suriya demokratik kuçlari bilan birgalikda işlamoqda. Ayni vaqtda 230ga yaqin odam tayyorgarlikdan ötmoqda, yakuniy maqsad esa 30 ming kişilik guruhni tuzişdan iborat.
AQŞning bu taşabbusi haqidagi xabar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning muhim bayonotidan keyin paydo bölgan. Erdöğan turk armiyasi yaqin bir hafta içida Suriyaning suriyalik kurdlar kuçlari (YPG) nazoratida bölgan Manbij va Afrin şaharlarida harbiy operatsiya boşlaşi mumkinligini aytgan. Ma'lumki, YPG AQŞ ittifoqdoşlari hisoblanadi.











