Rossiyaning Sverdlovsk oblasti politsiyasi Yekaterinburgda 1992-2014 yillarda sodir bölgan qotilliklar va nomusga tegişli holatlari seriyasida gumonlanayotgan şaxsni qölga oldi. Bu haqda Rossiya IIV saytida xabar berilgan.
«Bu şaxs 1970 yilda tuğilgan bölib, avval şunga öxşaş jinoyatlari uçun sudlangan. Tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari davomida u qölga olindi hamda qamoqqa joylaştirildi. Keyinçalik aniqlanişiça, erkak yaqin vaqt içida Rossiyadan çiqib ketmoqçi bölgan», - deya xabar berdi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.
Uning sözlariga köra, jinoyatlar Yekaterinburgning turli tumanlarida 22 yil davomida sodir etilgan. Ta'kidlanişiça, sönggi sakkiz yil içida qariyb 17 ming kişi söroq qilingan.
Qurbonlarning aniq soni oçiqlanmayapti, qölga olingan şaxsning şunga öxşaş boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.












