Özbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 yanvar holatiga 32,65 mln kişini taşkil etib, 2017 yilda 533,4 ming kişiga yoki 1,7%ga ösgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi axborot xizmati xabar berdi.
Jumladan, şahar aholisi soni 16,53 mln kişini (jami aholi sonidagi uluşi 50,6%), qişloq aholisi soni 16,12 mln kişini (49,4%) taşkil etdi.
Respublika hududlari kesimida tahlillar şuni körsatmoqdaki, 2018 yil 1 yanvar holatiga eng köp aholi soni Samarqand viloyatida 3,71 mln kişini (respublika aholisi sonidagi uluşi 11,4%ni) taşkil etib, keyingi örinlarda Farğona viloyatida 3,62 mln kişini (11,1%), Qaşqadaryo viloyatida 3,14 mln kişini (9,6%), Andijon viloyatida 3,01 mln kişini (9,2%) taşkil etdi.
2018 yil 1 yanvar holatiga aholisi soni 3 mln kişidan oşgan hududlar soni 4 tani taşkil etdi.
2017 yilda 715,5 ming bola tuğilganligi qayd etilgan bölib, mos ravişda 1000 aholiga nisbatan tuğiliş koeffitsiyenti 22,1 promilleni taşkil qilib, 2016 yilga nisbatan 0,7 promillega kamaydi (2016 yilda 22,8 promille bölgan).
Tuğiliş koeffitsiyenti 2016 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida ösgan (25,7 promilledan 25,9 promillega) bölib, sezilarli darajada kamayiş esa Qoraqalpoğiston Respublikasida (21,9 promilledan 20,7 promillega), Farğona (22,2 promilledan 21,0 promillega), Toşkent (20,3 promilledan 19,2 promillega), Xorazm (22,2 promilledan 21,0 promillega), Buxoro (20,9 promilledan 20,0 promillega) va Jizzax (24,5 promilledan 23,6 promillega) viloyatida kuzatildi.
2017 yilda jami 715,5 ming nafar bola tuğilganganligi qayd etilgan bölib, şundan onasining yoşi böyiça tuğilganlarning 280,8 ming nafari (jami tuğilganlarga nisbatan 39,2%) 20-24 yoşlardagi ayollar, 248,1 ming nafari (34,7%) 25-29 yoşdagi, 122,3 ming nafari (17,1%) 30-34 yoşlardagi ayollar hissasiga töğri kelgan.
2017 yilda 161,5 ming ölim qayd etilgan bölib, mos ravişda 1000 aholiga nisbatan ölim koeffitsiyenti 5,0 promilleni taşkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega oşdi (2016 yilda 4,9 promille bölgan).
Ölim koeffitsiyenti 2016 yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada ösişi Andijon (5,1 promilledan 5,4 promillega), Jizzax (4,2 promilledan 4,4 promillega), Qaşqadaryo (4,1 promilledan 4,3 promillega), Namangan (4,7 promilledan 4,9 promillega), Surxondaryo (4,3 promilledan 4,5 promillega) va Farğona (4,8 promilledan 5,0 promillega) viloyatlarida kuzatildi.

















