Xitoydagi sirklardan birida repetitsiya vaqtida yölbars va şer otga hujum qildi. Uşbu holat tasvirlangan video Daily Mail tomondan namoyiş qilindi.
Tsançjou şahridagi sirkda olingan rolikda oq rangli ot unga hujum qilgan şer va yölbarsni itqitib yuborişga harakat qilib, sahna böylab yugurib yurganini köriş mumkin. Unga hayvon örgatuvçilar yirtqiçlarni savalab yordam berişga urinişadi. Ot onlardan birida yölbarsni ustidan ağdarişga muvaffaq böladi, biroq unga xippa yopişib olgan şer uni qöyib yuborişni aslo istamaydi. Bir neça daqiqalik olişuvdan keyin oxir natijada ot sirk xodimlari kömagi bilan tajovuzkor yirtqiçlar çangalidan qutula oladi.
Tsirk xodimlaridan birining ta'kidlaşiça, şou mualliflarining ğoyasiga köra, yirtqiçlar maxsus egarda ot ustida yurişlari kerak bölgan. “Yölbars va şer otdan farqli, yirtqiç hayvonlardir. Şu sababli ularning özlarini bunday tutişlari tabiiy holdir”, deb aytgan sirk xodimi bamaylixotirlik bilan. Uning aytişiça, otga jiddiy zarar yetmagan, u “mayda jarohatlar” olgan.
Xitoylik internet foydalanuvçilar Weibo ijtimoiy tarmoğida uşbu videoga tanqidiy izohlar qoldirişgan va sirkda hayvonlarga berahm munosabatda bölinişi yuzasidan hukumatga arz qilişlarini aytişgan.












