Noma'lumlar tomondan otilgan raketa Afğoniston poytaxti Kobulning diplomatik mavzesi Vazir-Akbar-Xondagi Hindiston elçixonasi hududiga tuşdi. Hindiston taşqi işlar vazirligi vakili Raviş Kumar elçixona binosiga unça katta ziyon yetmaganini ma'lum qilgan. Guvohlarning aytişiça, raketa yerga tuşgandan keyin portlagan.
“Bir muddat avval Kobuldagi elçixonamiz hududiga raketa tuşdi va elçixona majmuasining orqa tomonidagi binoga kiçik zarar yetkazdi. Yonğin va jabrlanganlar bölmagan. Elçimizning ma'lum qilişiça, elçixonaning barça xodimlari xavfsizlikda”, deb aytgan Kumar jurnalistlarga.
Raketani kim otgani va u qayerdan otilgani haqida heç qanday ma'lumot yöq. Afğonistonda harakat qiluvçi birorta ekstremistik guruh hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.











