Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida istiqomat qiluvçi uç nafar mehnat faxriysi muqaddas haj ibodatiga pora berib bormoqçi böldi, deb yozmoqda ÖzA.
Qisqa muddat tumandagi mahalla fuqarolar yiğinlaridan birida rais lavozimida işlagan 34 yoşli K.M ismli şaxs mehnat faxriylariga “Sizlarni navbatsiz hajga yuboraman, poytaxtdagi yuqori idoralarda işonçli odamim bor”, deb va'da berib, ulardan 76 million söm miqdoridagi pulni oladi. Bu, albatta özining “xolis xizmati”dan taşqari, ya'ni bankka tölanadigan mablağ edi.
"Uddaburon" rais har biri 22 million 690 ming söm pulni Milliy bankning tuman filialiga topşirgani töğrisida qalbaki hujjatlar tayyorlab, ularning qöliga tutqazadi.
Köp ötmay K.N.ning katta miqdordagi mablağni öz ehtiyoji uçun işlatib yuborgani foş böldi. Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.











