Taniqli jurnalist Gilem Balage «Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduning «Mançester Yunayted»ga qaytişi mumkinligi borasida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Kriştianu Ronaldu va «Mançester Yunayted» haqida bitta joydan gap çiqsa, britan matbuoti darhol şov-şuv kötaradi. Ular Ronaldu ketiş istagida ekanini yozişmoqda. Aftidan «Real» ham uni qöyib yuborişga tayyor bölib turibdi. Angliyadagi tahlillarda esa buni jamoalar xohlayapti deb emas, bu işni qanday amalga oşiriş mumkin deya muhokama qilişmoqda.
«Real» Ronaldu uçun «PSJ» va ingliz klublari iştirokida kuraşni yuzaga keltirişni istamoqda. Ammo haqiqiysi butunlay boşqaça bölişi mumkin.
«Yunayted» Ronaldu böyiça ehtiyotkor munosabatda bölmoqda. Ular portugaliyalik futbolçining 33 yoşga tölişini va kamida 50 million yevro sof yillik maoş söraşini yaxşi tuşunib turişibdi. Şuningdek «Real» ham uning transferi uçun 100 million yevrodan kam talab qilmaydi. Bundan taşqari «Mançester Yunayted» futbolçi transferga qöyilsa, unga bölgan qiziqiş yöqligini tasdiqlay olmaydi, sababi rahbariyat dunyoning eng yaxşi futbolçilarini sotib olişga va'da berib qöygan.
«Mançester Yunayted» bir neça marotaba Kriştianuni qaytariş variantini körib çiqdi, ammo sönggi 9 yilda ilk marta endilikda «Real» va futbolçining özi qandaydir harakatni amalga oşirişi kerak», – deb yozgan Balage.












