Adliya vazirining buyruqlari (6.01.2018 yilda 2151-4, 2149-7 va 2165-10-son bilan röyxatdan ötkazilgan) bilan notariat organlari faoliyatini tartibga soluvçi hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Norma.uz’ning yozişiça, hujjatlar bilan quyidagi şaxslar tomonidan taqdim etiladigan oliy yuridik ma'lumot töğrisidagi diplom va mehnat daftarçasi nusxalarining notarial tasdiqlanişi bekor qilindi:
• malaka imtihoni topşiriş uçun notarius lavozimiga nomzodlar;
• işga qabul qiliş çoğida notarius stajyorlari (uşbu holda mehnat daftarçasi nusxasi talab etilmaydi);
• notarius lavozimiga tayinlaş böyiça tanlovda iştirok etiş istagini bildirgan şaxs.
Ma'lumot uçun: davlat notarial idoralaridan birida notarius lavozimi örni böşaganda yoki qöşimça (yangi) notarius lavozimi ta'sis etilganda tanlov malaka imtihonini topşirgan şaxslar örtasida ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, endi advokat maqomini oliş va advokatlik tuzilmasida stajirovkadan ötiş maqsadida malaka imtihonini topşiriş uçun ham hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalarini taqdim etiş talab etilmaydi.
Şuningdek, notarius lavozimiga tayinlaş böyiça tanlov ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga quyidagi qöşimça kiritildi. Notarius lavozimida işlayotgan şaxs tanlovda iştirok etib, ğolib deb topiş uçun yetarli ball töplay olmagan taqdirda egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topiladi va u bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinadi.
Ma'lumot uçun: eng köp ball, biroq tanlovda töplaş mumkin bölgan eng yuqori ballning kamida 50%ini töplagan nomzod ğolib deb hisoblanadi.
Hujjatlar 8.01.2018 yildan kuçga kirdi.












